Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-10-19

Ushbu shartlar Haydar mobil ilovasi va haydar.uz sayti (birgalikda “Xizmat”) dan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Rozi bo’lmasangiz, Xizmatdan foydalanmang.

1. Operator

Xizmat operatori: SAWRIY APPS MChJ.

Haydar xususiy ta’lim platformasi. U davlat organlari, jumladan imtihon markazlari bilan bog’liq emas va ularning nomidan ish yuritmaydi.

2. Xizmat nima beradi

Haydar haydovchilik guvohnomasi nazariy imtihoniga tayyorlanish uchun savollar, biletlar, mavzular, yo’l belgilari, interaktiv 3D darslar, 3D video va ovozli izohlar hamda 3D avtodrom simulyatorini taqdim etadi. Savollar lex.uz’da e’lon qilingan yo’l harakati qoidalari asosida tuzilgan.

Xizmat imtihondan o’tishni yoki haydovchilik guvohnomasi olishni kafolatlamaydi. Imtihon natijasi faqat sizning bilimingiz va imtihon markazi qaroriga bog’liq.

3. Hisob

  • Hisobga Telegram orqali kirasiz.
  • Xizmatdan 14 yoshdan katta shaxslar foydalanishi mumkin.
  • Hisob shaxsiy: uni boshqalarga berish yoki sotish mumkin emas. Hisobingiz orqali qilingan harakatlar uchun o’zingiz javob berasiz.

4. Bepul va Premium

Xizmatning asosiy qismi bepul. Ayrim imkoniyatlar bepul versiyada cheklangan: limitlar ilovada ko’rsatiladi va o’zgarishi mumkin. Premium obuna barcha imkoniyatlarni cheklovsiz ochadi. Tariflar (1 hafta, 1 oy, 3 oy, 1 yil) va narxlar ilovada ko’rsatiladi.

5. To’lov

Google Play va App Store orqali: obuna avtomatik yangilanadi. To’lov do’kon hisobingizdan yechiladi. Joriy muddat tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa, obuna xuddi shu muddatga yangilanadi. Obunani do’kon sozlamalarida istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin, Premium joriy muddat oxirigacha ishlaydi. Xaridni boshqa qurilmada “Xaridni tiklash” orqali qaytarish mumkin.

Click, Payme va Rahmat orqali: har bir to’lov bir martalik va tanlangan muddat uchun amal qiladi. Avtomatik yangilanish yo’q: muddat tugagach, Premium’ni davom ettirish uchun yangi to’lov qilinadi.

6. Pulni qaytarish

To’langan summa qaytarilmaydi. Premium faollashgandan keyin uni tanlangan muddat tugaguncha ishlatishingiz mumkin. To’lov o’tgan, ammo Premium faollashmagan bo’lsa yoki boshqa texnik xato yuz bersa, support@haydar.uz yoki @haydar_aloqa orqali murojaat qiling: muammoni tezda hal qilamiz.

Google Play va App Store orqali qilingan to’lovlar bo’yicha qaytarish so’rovlari ushbu do’konlarning o’z qoidalari bo’yicha ko’rib chiqiladi.

7. Taqiqlanadi

  • Xizmat kontentini (savollar, izohlar, darslar, rasmlar) nusxalash, tarqatish yoki sotish.
  • Ilovani buzish, uning kodini tiklash yoki himoyasini chetlab o’tish.
  • Xizmatdan bot va avtomatlashtirilgan vositalar orqali foydalanish.
  • Xizmat ishiga xalaqit beradigan boshqa har qanday harakatlar.

8. Intellektual mulk

Ilova, uning dizayni, 3D darslar, izohlar va boshqa materiallar operatorga tegishli. Yo’l harakati qoidalarining rasmiy matni ochiq manba (lex.uz) hisoblanadi.

9. Javobgarlik

Xizmat “boricha” taqdim etiladi. Biz uni uzluksiz va xatosiz ishlatishga harakat qilamiz, ammo texnik uzilishlar bo’lishi mumkin. Operator Xizmatdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan bilvosita zararlar, imtihon natijasi va yo’ldagi harakatlaringiz uchun javobgar emas.

10. Hisobni to’xtatish

Ushbu shartlar buzilsa, operator hisobni ogohlantirmasdan cheklashi yoki bloklashi mumkin. Siz hisobingizni istalgan vaqtda ilova ichida o’chirishingiz mumkin. Hisob o’chirilganda to’langan Premium muddati qaytarilmaydi.

11. O’zgarishlar

Shartlar yangilanganda shu sahifadagi “Oxirgi yangilanish” sanasi o’zgaradi. Yangilangandan keyin Xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilikni bildiradi.

12. Qonunchilik

Ushbu shartlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Nizolar avval muzokara yo’li bilan, kelishilmasa O’zbekiston Respublikasi sudlarida hal qilinadi.

13. Aloqa

support@haydar.uz yoki Telegram: @haydar_aloqa.

Matnlar o’rtasida farq bo’lsa, o’zbek tilidagi (lotin yozuvi) matn ustun hisoblanadi.