Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-19
Ushbu siyosat Haydar mobil ilovasi va haydar.uz sayti (birgalikda “Xizmat”) foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qanday yig’ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.
1. Operator
Xizmat operatori: SAWRIY APPS MChJ.
Aloqa: support@haydar.uz, Telegram: @haydar_aloqa.
2. Qanday ma’lumotlar yig’iladi
Telegram orqali kirganingizda: Telegram ID, ism va familiya, username va profil rasmi (Telegram ularni bergan bo’lsa).
Telegram botda kontaktingizni ulashsangiz: telefon raqamingiz.
O’qish ma’lumotlari: javoblaringiz va natijalaringiz, progress, saqlangan va xato qilingan savollar, darslar progressi, 3D avtodrom hamda ovozli va video izohlardan foydalanish hajmi.
To’lov ma’lumotlari: tanlangan tarif, summa, to’lov usuli, to’lov holati va vaqti. Bank karta ma’lumotlarini biz ko’rmaymiz va saqlamaymiz: ular to’g’ridan-to’g’ri to’lov tizimida yoki do’konda kiritiladi.
Texnik ma’lumotlar: qurilma modeli, operatsion tizim va ilova versiyasi, ilova ichidagi harakatlar statistikasi va xatolik hisobotlari. Ular Firebase Analytics va Firebase Crashlytics orqali yig’iladi.
Sayt: haydar.uz cookie fayllarini ishlatmaydi va kuzatuv analitikasini qo’llamaydi.
Biz pasport ma’lumotlari, yashash manzili yoki aniq geolokatsiyani so’ramaymiz.
3. Ma’lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Hisobingizga kirish va progressni qurilmalar o’rtasida saqlash.
- Premium obunani faollashtirish va to’lovni tekshirish.
- Bepul foydalanish limitlarini hisoblash.
- Ilovani yaxshilash va xatolarni tuzatish.
- Qo’llab-quvvatlash so’rovlaringizga javob berish.
Ilovada reklama yo’q. Ma’lumotlaringizni reklama uchun ishlatmaymiz, sotmaymiz va ijaraga bermaymiz.
4. Ma’lumotlarni kimlar qayta ishlaydi
Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalanamiz. Ular ma’lumotlarni faqat o’z vazifasini bajarish uchun oladi:
- Telegram: hisobga kirish.
- Google Firebase: Analytics va Crashlytics.
- RevenueCat, Google Play va App Store: do’kon orqali obunalar.
- Click, Payme va Rahmat: ilova ichidagi to’lovlar.
Ushbu provayderlarning ayrim serverlari O’zbekistondan tashqarida joylashgan. Ma’lumotlar qonunchilik talab qilgan hollarda vakolatli davlat organlariga ham berilishi mumkin.
5. Saqlash muddati
Ma’lumotlar hisobingiz faol ekan saqlanadi. Hisobni o’chirsangiz, profil, progress va hisobingizga bog’liq barcha ma’lumotlar butunlay o’chiriladi va ularni tiklab bo’lmaydi.
Google Play, App Store va to’lov tizimlari o’zlari orqali o’tgan to’lovlar yozuvlarini o’z qoidalari bo’yicha saqlaydi. Firebase’dagi statistika shaxsingizni aniqlamaydigan ko’rinishda Google sozlamalari bo’yicha saqlanadi.
6. Sizning huquqlaringiz
- O’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni ko’rish va tuzatishni so’rash.
- Hisobingizni istalgan vaqtda ilova ichida o’chirish: Profil → Hisobni o’chirish.
- Ma’lumotlaringiz bo’yicha so’rov yoki shikoyat bilan support@haydar.uz manziliga murojaat qilish.
7. Yosh chegarasi
Xizmat 14 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan. 14 yoshga to’lmagan bolaning ma’lumotlari yig’ilgani ma’lum bo’lsa, ular o’chiriladi.
8. Xavfsizlik
Ma’lumotlar HTTPS (TLS) orqali shifrlangan holda uzatiladi, ma’lumotlar bazasiga kirish cheklangan. Biz ma’lumotlarni himoya qilish uchun oqilona choralar ko’ramiz, ammo hech bir tizim to’liq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi.
9. O’zgarishlar
Siyosat yangilanganda shu sahifadagi “Oxirgi yangilanish” sanasi o’zgaradi. Muhim o’zgarishlar haqida ilova orqali xabar beramiz.
10. Aloqa
Savollar bo’yicha: support@haydar.uz yoki Telegram: @haydar_aloqa.
Matnlar o’rtasida farq bo’lsa, o’zbek tilidagi (lotin yozuvi) matn ustun hisoblanadi.