Reklamasiz

Pravani o'ynab emas, o'qib oling!

Biletlar, mavzular, yo'l belgilari, interaktiv 3D darslar va 3D avtodrom. Imtihonga tayyorlanish uchun kerakli hamma narsa bitta ilovada.

Natija: 20 tadan 18 to'g'ri javob, o'tdingiz
Bosh sahifa: imtihonga tayyorlik foizi va bo'limlar
rasmiy savol
1280+
bilet
65+
avtodrom mashqi
12
belgi bo'limi
8

Test

Javob bering. Qoidasini darhol biling.

Javobdan keyin to'g'risi yashil, xatosi qizil bo'ladi. Izoh savolga tegishli qoidani tushuntiradi. Video izoh vaziyatni 3D sahnada ko'rsatadi, ovozli izoh esa uni aytib beradi.

  • Haqiqiy imtihondagi kabi taymer va savollar qatori
  • Har bir savolga qoida bo'yicha izoh
  • 3D video va ovozli izoh: ko'rib, eshitib o'rganing
Test: to'g'ri va noto'g'ri javoblar
Ovozli izoh: savolga tushuntirish tinglanmoqda
Progres: imtihonga tayyorlik foizi va savollar statistikasi
Biletlar: yechilgan biletlar va natijalari

Progres

Qayerda adashganingizni ko'ring

Har bir testdan keyin to'g'ri va xato javoblar soni hamda savollar xaritasi chiqadi. Progres bo'limi imtihonga tayyorlik foizini va qaysi biletlar yechilganini ko'rsatadi.

Xato qilingan savollar "Xatolarni tuzatish" bo'limiga tushadi. Ularni alohida qayta yechasiz.

Darslik

Qoidalarni interaktiv 3D darslarda o'rganing

Yo'l harakati qoidalari modullarga bo'lingan interaktiv 3D darslarda tushuntiriladi: har bir vaziyat 3D sahnada ko'rsatiladi. Har darsdan keyin shu mavzu bo'yicha mashq qilasiz va darsga tegishli belgilarni ko'rasiz.

  • Har dars mavzusi bo'yicha mashq
  • Darsni yuklab olib, internetsiz ko'rish
  • Qaysi darslar tugallangani bir qarashda ko'rinadi
Darslik: modullar va darslar ro'yxati
Dars: 3D dars va mavzu bo'yicha mashq

3D Avtodrom

Amaliy imtihonga ham tayyorlaning

Avtodromdagi 12 ta mashqni 3D maydonda oldindan bajarib ko'ring: STARTdan to avariya holatida to'xtashgacha. Har bir xato uchun qancha jarima ball berilishini ham bilasiz.

  • 12 ta mashq
  • Jarima ballari
3D avtodrom simulyatori: START chizig'idagi mashina
Avtodromdagi 12 ta mashq ro'yxati

Yana nimalar bor

Imtihongacha kerak bo'ladigan hammasi

Qanday boshlanadi

Imtihongacha 3 qadam

  1. Ilovani yuklang

    Tilni tanlang: o'zbekcha (lotin yoki kirill) yoki ruscha. Savollar darhol telefoningizda bo'ladi.

  2. Har kuni test yeching

    "Sizga mos savollar" xatolaringizga qarab tanlanadi. Ketma-ket kunlar seriyasini uzmang.

  3. Haqiqiy imtihon rejimi

    20 savol, 25 daqiqa, ko'pi bilan 2 xato. O'tdingizmi, demak tayyorsiz.

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Haydar nima?

Haydar O'zbekistonda haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorlanish uchun ilova. Unda 1280+ rasmiy savol, 65+ bilet, interaktiv 3D darslar, 3D video va ovozli izohlar, sizga mos savollardan tuziladigan test va 3D avtodrom bor.

Savollar va rasmlar qayerdan olingan?

Haydardagi savollar va ularning rasmlari O'zbekistonning rasmiy huquqiy ma'lumotlar bazasi lex.uz'da e'lon qilingan yo'l harakati qoidalari asosida tuzilgan. Shu sababli savollar va rasmlar real imtihondagi rasmiy talablarga to'liq mos keladi.

Ilova bepulmi?

Ha, asosiy qismi bepul va to'liq reklamasiz: savollar, biletlar, mavzular, yo'l belgilari va imtihon rejimi. Bepul versiyada 3D avtodromda kuniga 10 daqiqa mashq qilasiz, ovozli va video izohdan 5 tadan foydalanasiz. Cheklovsiz foydalanish va barcha darslar uchun Premium obuna bor.

Ovozli va video izoh qanday ishlaydi?

Savolga javob bergach, uning video yoki ovozli izohini ochasiz. Video izohda vaziyat 3D sahnada ko'rsatiladi, ovozli izohda to'g'ri javob qoida asosida tushuntiriladi. Savolni o'qibgina emas, ko'rib va eshitib ham o'zlashtirasiz.

"Sizga mos savollar" oddiy testdan nimasi bilan farq qiladi?

Ilova tezligingiz, xatolaringiz va bilim darajangizni tahlil qilib, faqat sizga mos savollardan test tuzadi. U takroriy o'rganish (spaced repetition) usulida ishlaydi: savolni mustahkam o'rganmaguningizcha uni qayta-qayta beradi.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Savollar telefonda saqlanadi, shuning uchun internet bo'lmasa ham test yechasiz. Rasm, ovozli va video izoh birinchi ochilganda internetdan olinadi va keyin telefonda qoladi. Darslarni oldindan yuklab olish mumkin.

Qaysi tillarda ishlaydi?

Ilova 3 tilda ishlaydi: o'zbek (lotin), o'zbek (kirill) va rus. Tilni ilova ichida istalgan vaqtda almashtirish mumkin.

Boshqa ilovalardan nimasi bilan farq qiladi?

Interaktiv 3D darslar, 3D video va ovozli izohlar, o'zlashtirishingizga qarab tuziladigan test, 3D avtodrom va reklamasiz interfeys bitta ilovada jamlangan. Reklama chalg'itmagani uchun asabiylashmasdan o'rganasiz.

Reklamasiz

Yo'lga chiqing

Ilovani telefoningizga yuklang va birinchi biletni bugun yeching.